AsosiyJamiyat

"DAF" haydovchisi beton to`siqqa urilib ag`darildi, okibatda...

'"DAF"  haydovchisi beton to`siqqa urilib ag`darildi, okibatda...'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Ohangaron tumanida sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berildi. Bu haqda YHXX xabar berdi. 

Ma`lum bo`lishicha, voqea 15 aprel kuni soat 17:40 larda Toshkent viloyati, Ohangaron tumani "A-373-M-39-Guliston-Bo`ka-Angren-Qo`qon-Andijon-O`sh" avtomobil yo`lining 201-kilometrida "DAF" rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotgan haydovchi yo`lning keskin burilishiga kelganda boshqaruvni yo`qotgan va qarama-qarshi oqimni ajratib turuvchi beton to`siqqa urilgan va transport vositasi ag`darilgan.

Hodisa natijasida haydovchi olgan og`ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar