AsosiyJamiyat

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining yangi vakolatxonalari ochildi

'Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining yangi vakolatxonalari ochildi'ning rasmi

Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan Davlat qurilishi akademiyasida o`tkazilgan tayyorlov kursidan o`tganlarga sertifikat topshirish marosimi o`tkazildi.  

Tayyorlov kurslari xorijda yangi tashkil etiladigan vakolatxonalar uchun malakali xodimlarni tayyorlash maqsadida ochilgan.

Endilikda Rossiya Federasiyasining Tula, Voronej, Volgograd, Nijegorod, Irkutsk, Amur viloyatlari, Krasnodar, Krasnoyarsk, Perm o`lkalari, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi, Qozog`istonning Chimkent va Turkiyaning Istanbul shaharlarida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining yangi vakolatxonalari ochilishi hisobiga xorijdagi vakillik instituti geografiyasi yanada kengayadi.

Hozirda Agentlikning Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, Ufa, Novosibrsk, Ekaterinburg shaharlari, Koreya Respublikasining Kvandju shahrida vakolatxonalari faoliyat yuritib kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar