AsosiyJamiyat

Maxsus sertifikati bor o`qituvchilarga qo`shimcha haq to`lanadi

'Maxsus sertifikati bor o`qituvchilarga qo`shimcha haq to`lanadi'ning rasmi

Prezident ta`lim muassasalari agentligi (PTMA) huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (Markaz) etib qayta nomlandi. Bu haqda O`zbekiston Prezidentining joriy yilning 14 aprel kuni qabul qilingan “Prezident ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog`ini kengaytirish to`g`risida”gi farmonida belgilandi.

Markaz umumiy o`rta, o`rta maxsus va professional ta`lim tashkilotlari pedagog kadrlarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini baholaydi. 

Markaz tomonidan pedagog kadrlarning bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash barcha talabgorlar uchun shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Baholash natijasi bo`yicha 2 yil muddat davomida amal qiluvchi “Ilg`or o`qituvchi”, “Ustoz o`qituvchi” hamda “Professional o`qituvchi” darajali sertifikatlar beriladi. Mazkur sertifikatni olgan pedagog kadrlariga quyidagi miqdorda qo`shimcha haq to`lanadi:

•    “Ilg`or o`qituvchi” darajali sertifikatni olgan pedagog kadrlarga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida;
•    “Ustoz o`qituvchi” darajali sertifikatni olgan pedagog kadrlarga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 70 foiz miqdorida;
•    “Professional o`qituvchi” darajali sertifikatni olgan pedagog kadrlarga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz miqdorida.

Ushbu sertifikatlarni olgan pedagog kadrlar Agentlik tizimidagi ta`lim muassasalariga ularning malaka toifasidan qat`i nazar ishga qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar