AsosiyJamiyat

Bo`stonliqdagi er maydonini 3 mln. dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi

'Bo`stonliqdagi er maydonini 3 mln. dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi'ning rasmi

15 aprel kuni Bosh prokuratura, IIV Er resurslarini talon toroj qilinishini oldini olish bo`limi va Departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi.

Bo`stonliq tumani hokimining tegishli qarori bilan “M.B.B.” mas`uliyati cheklangan jamiyatiga 30 mln. AQSh dollari miqdorida investision loyihani amalga oshirish sharti bilan maktabgacha ta`lim muassasasi va savdo-maishiy xizmat ko`rsatish majmualari qurilishi uchun 40 gektar er maydoni ajratilgan.

Biroq, MChJ mansabdor shaxslari bugungi kunga qadar ushbu er maydonida qurilish ishlarini amalga oshirmasdan “Elmurod” ismli shaxs orqali 3 mln. AQSh dollariga sotayotganligi haqida tezkor ma`lumot olingan.

Tadbir davomida, 40 gektar er maydoniga egalik huquqi bo`lmagan to`rt nafar tadbirkor hamda Mirzo Ulug`bek tumani hokimi yordamchisi fuqaro D.A.ga 3 mln. AQSh dollari evaziga sotishga kelishib, oldindan 180 ming AQSh dollarini avans sifatida olgan vaqtlarida ushlanganlar.  

Mazkur holat yuzasidan Departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 168 (Firibgarlik) va 28, 211 (Pora berish) moddalari jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar