AsosiyJamiyat

Sirdaryoda aqidaparastlik materiallarini tarqatib kelgan shaxslar ushlandi

'Sirdaryoda aqidaparastlik materiallarini tarqatib kelgan shaxslar ushlandi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati bo`yicha Boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar Boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, Suriyadagi “Katibatul Tavhid va Jihod” xalqaro terroristik tashkiloti a`zolari tomonidan ochilgan “virtual guruh”ga a`zo bo`lib, undagi aqidaparastlik materiallarni boshqalarga tarqatib kelgan 7 nafar shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyati IIB ma`lum qildi. 

Suriyadagi jangarilar rahnamolarining onlayn darslarida ishtirok etib kelishgan va ma`lum muddat ichida ulardan 2 nafari (2001 yilda tug`ilgan “M.O.” va 2002 yilda tug`ilgan “M.M.”) radikal g`oyalar ta`siriga tushib, Suriyaga chiqib ketishga tayyorgarlik ko`rishgan. Yashash joylarida o`tkazilgan tintuv jarayonida, qo`lga olinganlardan jinoyatga aloqador ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olindi.

To`plangan materiallar asosida, O`zbekiston Respublikasi DXX Sirdaryo viloyati bo`yicha Boshqarmasi tergov bo`limi tomonidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Hozirda jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar