AsosiyDunyo

Ruminiya Rossiya bayrog`i ostida suzuvchi kemalarning o`z portlariga kirishini taqiqlaydi

'Ruminiya Rossiya bayrog`i ostida suzuvchi kemalarning o`z portlariga kirishini taqiqlaydi'ning rasmi

Ruminiya hukumati 17 apreldan boshlab Rossiya bayrog`i ostidagi kemalarning Ruminiya portlariga kirishini taqiqlashga qaror qildi. Bu haqda Ria Novosti ma`lum qildi.

“17 aprel kuni soat 00.00 dan boshlab  Rossiya bayrog`i ostida ro`yxatdan o`tgan har qanday kemalarning, shu jumladan Rossiya bayrog`ini boshqa davlat bayrog`iga o`zgartirgan yoki boshqa davlat bayrog`iga ega bo`lgan kemalarning Ruminiya portlariga kirishi taqiqlanadi”, — deyiladi xabarda.

Kema xavfsizlik nuqtai nazaridan yoki hayotni saqlab qolish uchun yordam yoki favqulodda to`xtashga muhtoj bo`lsa, istisno qilinadi. Mazkur cheklovlar gaz, neft va neft mahsulotlari, titan, alyuminiy, mis, nikel, palladiy, temir rudasi, ayrim kimyoviy mahsulotlar, shuningdek, farmasevtika mahsulotlari, oziq-ovqat, qishloq xo`jaligi mahsulotlari, o`g`itlar, yadro yoqilg`isi va uskunalarini tashuvchi kemalarga tatbiq etilmaydi.

    Boshqa yangiliklar