AsosiyDunyo

Rossiya Evropa Ittifoqi delegasiyasining 18 xodimini chiqarib yuboradi

'Rossiya Evropa Ittifoqi delegasiyasining 18 xodimini chiqarib yuboradi'ning rasmi

Rossiya Evropa Ittifoqining harakatlariga javoban EIning Rossiyadagi delegasiyasining 18 nafar xodimi "persona non grata" deb e`lon qilinganini aytdi. Bu haqda juma kuni Rossiya TIV matbuot xizmati xabar berdi.

15 aprel kuni Evropa Ittifoqining Rossiyadagi delegasiyasi rahbari Markus Ederer Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.

“Evropa Ittifoqining nodo`stona harakatlariga javoban EIning Rossiyadagi delegasiyasining 18 nafar xodimi “persona non grata” deb e`lon qilindi va yaqin orada Rossiya hududini tark etishga majbur bo`ladi”, — deyiladi Rossiya TIV xabarida. 

O`tgan hafta Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 45 nafar polshalik diplomatni "persona non grata" deb e`lon qildi.

    Boshqa yangiliklar