AsosiyJamiyat

Davlat budjetining soliq daromadlari kamayganmi?

'Davlat budjetining soliq daromadlari kamayganmi?'ning rasmi

Davlat budjetining 2022 yil uchun soliq daromadlari kamaytirilganligi bo`yicha ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan muhokamalar yuzasidan Soliq qo`mitasi rasmiy bayonot berdi.

O`zbekiston Respublikasining “2022 yil uchun O`zbekiston Respublikasining davlat budjeti to`g`risida”gi qonuni ijrosini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-73-son qaror bilan Davlat budjeti daromadlari prognozi 200 trln so`m miqdorida tasdiqlanib, uning tarkibida davlat soliq xizmati organlari ma`murchiligiga mas`ul soliq tushumlari 143,5 trln so`m miqdorida belgilangan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda to`g`ri qayd etilganidek O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 apreldagi PQ-208-son  qarorida PQ-73-son qarorning 3-ilovasi bilan tasdiqlangan Davlat budjeti jami daromadlari, jumladan soliq turlari bo`yicha daromadlar miqdori ham o`zgartirilmagan.  

O`zgartirishlar 2022-2024 yil uchun belgilangan maqsadli indikatorlarga tegishli bo`lib, soliq organlari ko`rsatkichlari (151,6 trln so`m) ham tasdiqlangan soliq tushumlari daromadiga (143,5 trln so`mga) moslashtirilmoqda.  

Shu o`rinda qayd etish lozimki, soliq organlari tomonidan I chorakda budjetga 34,5 trln so`m miqdorida soliq tushumlari (o`tgan yilning mos davriga nisbatan 17% o`sgan) ta`minlanib, belgilangan prognoz ko`rsatkichlari 1,3 trln so`mga ortig`i bilan bajarildi.  

Iqtisodiyotdagi ijobiy o`zgarishlar va soliq ma`murchiligini raqamlashtirish natijalari bilan soliq bazasining kengaytirilishi hisobiga yillik soliq tushumlari daromadi to`liq kafolatlanishini ma`lum qilamiz.

    Boshqa yangiliklar