AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda yoshlar etakchisi o`zini osib qo`ydi

'Qashqadaryoda yoshlar etakchisi o`zini osib qo`ydi'ning rasmi

Voqeaga qarz munosabati sabab bo`lgani aytilmoqda.

"Zamon.uz" nashri bu haqda xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, 13 aprel kuni tahminan soat 20:00 atrofida  G`uzor tumani “Sovbog`” mahallasida yashovchi 37 yoshli erkak yashash uyining oldidagi hududga arqon bilan o`zini osib, voqea joyida vafot etgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, marhum erkak tumandagi mahallalarning birida yoshlar etakchisi lavozimida faoliyat yuritgan. Hozirda uning nima uchun o`z joniga qasd qilgani haqida aniq ma`lumotlar yo`q. Ammo marhumni taniganlar bu holatga qarz munosabatlari sabab bo`lganini aytmoqda.

Hozirda G`uzor tumani prokuraturasi ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borayotgani aytiladi.

    Boshqa yangiliklar