Qayd etilishicha, u avval ham shu ish sabab javobgarlikka tortilgan.
Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 9 aprel kuni Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro mast holatda 102'ga tungi soat 3: 00dan tongga qadar qo`ngiroq qilgan va operatorni hech bir sababsiz, kurakda turmaydigan so`zlar bilan haqoratlagan.
Qayd etilishicha, u avval ham bu ishni sodir etgan. Bir necha marotaba IIB ga murojaat qilgan va yolg`on ma`lumot bergan. Shu sabab javobgarlikka ham tortilgan. Xatolaridan to`g`ri xulosa qilmagan 42 yoshli shaxs yana sud oldida javob berdi. Bu safar unga nisabatan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangani ma`lum qilindi.






