AsosiyJamiyat

Qashqadaryolik yoshlar etakchisi nima sababdan joniga qasd qilgani ma`lum bo`ldi

'Qashqadaryolik yoshlar etakchisi nima sababdan joniga qasd qilgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Bir muddat avval Qashqadaryoda yoshlar etakchisi o`zini osib qo`ygani haqida xabar bergan edik.  

O`zbekiston respublikasi bosh prokurorining  matbuot kotibi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, mazkur vaziyatga fuqaroning mastligi sabab bo`lgan.

Aniqlanishicha, voqea 13 aprel kuni G`uzor tumanida sodir bo`lgan. 

Tekshirish davomida marhum oxirgi vaqtlarda ko`p spirtli ichimlik iste`mol qilishi oqibatida ruhiyatida o`zgarish bo`lganligi aniqlangan.

Marhumning o`lim sababiga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangani aytilmoqda.

Shuningdek, holat bo`yicha G`o`zor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakati olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar