AsosiyDunyo

Endi ukrainlar internet orqali turmush qurishi mumkin

'Endi ukrainlar internet orqali turmush qurishi mumkin'ning rasmi

"Zoom" orqali o`tkaziladigan rasmiy marosimlar endi nafaqat ro`yxatga olish idorasi xodimlari, balki polisiya yoki harbiy xizmatchilar tomonidan ham amalga oshiriladi.

Ukraina Adliya vazirligi harbiy holat davrida nikohni ro`yxatga olishning rasmiy tartibini soddalashtirdi. Bu ma`lumotni vazir o`rinbosari Valeriya tasdiqlagan.

Uning so`zlariga ko`ra, Ukrainadagi keng ko`lamli urushning birinchi kunidan buyon deyarli 22 ming juftlik nikohdan o`tgan. U bunday rekord raqamlarni harbiy holat bilan bog`laydi, chunki odamlar nikohni ro`yxatdan o`tkazish jarayonini bir necha oy kutishga vaqtlari va xohishlari yo`q.

"Hammamiz ertaga va hatto bugun kechgacha nima bo`lishini bilmaydigan vaziyatdamiz. Shu bois, endi bir kunda ariza berish va nikohni rasmiylashtirish mumkin. O`z xohish-istaklarini bildirgan odamlar kunduzi turmush qurishlari mumkin ,"-deydi mamlakat Adliya vaziri o`rinbosari.

    Boshqa yangiliklar