Ukrainadagi mojaro rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan «jimgina hujum» bo`lib, 1,7 milliard odamni qashshoqlikka solish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish "Seznam Zpravy" internet nashriga bergan intervyusida ma`lum qildi.
"Ukrainadagi harbiy mojaro dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlariga nisbatan hujumning boshlanishiga aylandi. Bu inqiroz 1,7 milliard odamni o`z ichiga olishi mumkin, ya`ni insoniyatning beshdan biridan ko`prog`i qashshoqlik va ocharchilikka duchor qilishi mumkin. Bunday holat so`nggi o`n yilliklar davomida bo`lmagan", — deydi BMT bosh kotibi.






