AsosiyJamiyat

Surxondaryodagi YTHda 3 kishi halok bo`ldi

'Surxondaryodagi YTHda 3 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Viloyati IIB YHXB hodisa tafsilotlarini ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, voqea 14 aprel kuni Angor tumani hududidan o`tuvchi avtomobil yo`lida sodir bo`lgan.

Angor-Jarqo`rg`on yo`nalishi bo`ylab harakatlanayotgan "Nexia 3" haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, qarama-qarshi yo`nalishda kelayotgan yana bir "Nexia 3" bilan to`qnashadi. Natijada mashinalar birida yong`in yuzaga kelgan. Yo`lovchilardan 23 yoshli erkak, shu yoshdagi ayol hamda haydovchi og`ir tan jarohati olib shu joyning o`zida vafot etgan.

Avtohalokat sabablari o`rganilganida har ikki haydovchining guvohnoma olganiga hali 3 yil bo`lmagani aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar