Davlat statistika qo`mitasi bu haqda xabar berdi. Qo`mita ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning mart oyida haydovchilikka tayyorlash bo`yicha kurslar narxlari fevral oyiga nisbatan ya`ni bir oyda o`rtacha 13,3 % ga oshgan.
Haydovchilikka tayyorlash bo`yicha kurslar narxlari yil boshidan buyon o`rtacha 13,9 % ga qimmatlashgan.
Shuningdek, kurslar narxlari o`tgan yilning mos davriga nisbatan ya`ni bir yilda o`rtacha 15,2 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.






