Bosh prokuratura huzuridagi Departament bu haqda xabar berdi. Qayd etilishicha, Aydar-Arnasoy ko`llar tizimi resurslaridan foydalanish sohasida iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo`limi tomonidan tadbir o`tkazilgan.
Unda fuqaro F.T. taqiqlangan ov quroli “Leska”dan tayyorlangan to`rlardan foydalanib, tabiiy hududdan 107 bosh “Oqsla”, 22 bosh “Zog`ora” 20 bosh “Tovonbaliq”, “Oq amur” va “Vobla” kabi baliqlarini ovlaganligi natijasida hayvonot dunyosiga 31,2 mln. so`m zarar etkazilgani aniqlangan.
"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (hayvonot yoki o`simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda",-deyiladi xabarda.






