AsosiyJamiyat

Yomg`ir, salqin, sel va chang-to`zon... Bu hafta ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi

'Yomg`ir, salqin, sel va chang-to`zon... Bu hafta ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati joriy hafta uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra, uzoq muddatli quruq ob-havodan so`ng, bugun O`zbekistonning janubi-g`arbiy hududlariga Turkmaniston ustida shakllangan yuqori siklon bilan bog`lik bilan nam havo massasi tarqala boshlaydi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati 25-30° atrofida, yomg`ir paytida 20-25° bo`ladi.

19-20 aprel kunlari O`zbekistonning barcha hududlariga siklon ta`siri tarqaladi. Respublika bo`yicha yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Havo harorati asta-sekin pasayadi va 20 aprelda 28-23° ni tashkil etadi.

18 va 19 aprelda ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to`zon kuzatiladi.

Ish haftasining ikkinchi yarmida O`zbekiston bo`yicha quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Kechalari biroz salqin bo`ladi, 22 aprelga kelib kunduz kuni harorat yana 25-28°  gacha ko`tariladi.

18-21 aprelda respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar