AsosiyJamiyat

Andijonda “O`zenergoinspeksiya” xodimi pora bilan ushlandi

'Andijonda “O`zenergoinspeksiya” xodimi pora bilan ushlandi'ning rasmi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabariga ko`ra,  Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Asaka tumani bo`limlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazilgan. 

Unda, fuqaro S.M. “X.Sh.” fermer xo`jaligi ish yurituvchisi B.ning ishonchiga kirib, “O`zenergoinspeksiya” bo`limida ishlovchi tanishlari orqali xo`jalikka qarashli bog` hududiga quvvati 100 KVA bo`lgan transformator o`rnatib berish evaziga 40 mln so`mni olgan vaqtida ushlangan. Uning ko`rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, “O`zenergoinspeksiya”ning Andijon hududiy bo`limi etakchi mutaxassisi F.S. bog` hududiga transformatorni ulash, hujjatlarni rasmiylashtirish va ruxsat olib berish evaziga 5 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan  qo`lga tushdi.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar