AsosiyJamiyat

Sirdaryoda yuk mashinasi bilan to`qnashgan "Cobalt" yonib ketdi(video)

'Sirdaryoda yuk mashinasi bilan to`qnashgan "Cobalt" yonib ketdi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida sodir bo`lgan YTH haqida xabarlar tarqaldi.

 

IIV Yo`l harakati xavfsizligi xizmatining ma`lum qilishicha avtohalokat, bugun 2022 yil 18 aprel kuni soat 07:35 larda Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani, Sardoba shahri hududidan o`tuvchi A-373 avtomobil yo`lining 4-kilometrida sodir bo`lgan. "Cobalt" rusumli hamda "Isuzu" rusumli yuk atvomobili ishtirokida to`qnashuvi natijasida "Cobalt" avtomobilida yong`in yuzaga kelagan.

Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.

Ushbu hodisa yuzasidan Oqoltin tumani FVB hamda IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar