AsosiyJamiyat

Bugun kechga tomon ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`adi

'Bugun kechga tomon ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`adi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yomg`ir yog`adi, kechga tomon ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ba`zi joylarda chang to`zon kuzatilishi mumkin. Harorat 22-27° bo`ladi.

Poytaxtimizda ertalab biroz yomg`ir yog`ishi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-27° bo`ladi.

Tog`li hududlarda yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayishi, ba`zi joylarda chang to`zon kuzatilishi mumkin. Harorat 11-16° bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar