Bugun, 19 aprel kuni soat 01:50 da Buxoro viloyati Buxoro shahar Sanoatchilar ko`chasida joylashgan qurilish mollari (har xil turdagi bo`yoq) sexida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko`ra 11 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 01:54 da etib borib, yong`in soat 02:28 da qurshab olingan va soat 03:57 batamom o`chirilgan.
Yong`in natijasida sexning 1500 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida sexning 10.000 kv.m maydoni yong`indan saqlab qolingan.
Yong`in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.
Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Voqea joyiga FVB rahbariyati, IIB, Prokuratura, SSB hamda tegishli xizmatlarning kuch va vositalari jalb etilgan.






