Bu haqda BCC yozmoqda.
"Rossiya qo`shinlari uzoq tayyorgarlik ko`rilgan harakat – Donbass uchun jangga kirishdi. Rossiya armiyasining katta qismi ushbu yo`nalishdagi hujumga asosiy e`tiborini qaratgan. Hududni egallash uchun qancha rossiyalik harbiy jalb qilinishidan qat`i nazar, biz himoyalanishda davom etamiz. Har kuni vatan uchun kurashamiz. Ukrainaning hech narsasini berib qo`ymaymiz va birovning buyumi bizga kerak emas. Ular asosiy kuch bilan bostirib kirish uchun davlatimiz mudofaasidagi zaif nuqtalarni qidirmoqda", —degan Ukraina prezidenti.
Zelenskiyning ta`kidlashicha, sharq va janubda rus qo`shinlari so`nggi paytlarda avvalgidan ko`ra ko`proq o`ylab hujum qilishga urinmoqda.
O`z navbatida Ukraina prezidenti ofisining rahbari Andrey Ermak urushning ikkinchi bosqichi boshlanganini qayd etdi va xalqni mamlakatning qurolli kuchlariga ishonishga chaqirdi.






