Ushbu savolga AOKAda o`tkazilayotgan matbuot anjumanida IIV JXD YHXX boshlig`i o`rinbosari, polkovnik Erali Bozorov javob berdi, deya xabarbermoqda darakchi.uz muxbiri Oybek Shukurov.
"Bugungi kunda davlat xizmatlari, bizda kabi boshqa mamlakatlarda ham tadbirkorlik sub`ektlariga o`tkazilgan. Bugungi kunda haydovchilikka tayyorlash va qayta tayyorlash faoliyati bilan asosan tadbirkorlar shug`ullanadi. Biz esa ularning moliyaviy ishlariga aralashishimizga haqqimiz yo`q. Ular o`z xizmatlarini qanday baholishlari bizga bog`liq emas",— dedi Erali Bozorov.






