Joriy yilda maktabni tamomlab, oliy ta`lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirgan 16 yoshga to`lgan maktab bitiruvchilari o`z vaqtida fuqarolik pasporti, ya`ni ID karta olishlari shart.
XTV ma`lumotiga ko`ra, ayni paytda 16 yoshga to`lgan 122 mingdan ortiq bitiruvchilar ID karta olmagan.
OTMlarga abiturientlarning hujjatlari Davlat test markazining dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirishda abiturientlar yoki biometrik pasport, yoki ID karta ma`lumotlarini kiritish talab etiladi






