AsosiyJamiyat

Milliy gvardiyaga yangi vakolatlar berildi

'Milliy gvardiyaga yangi vakolatlar berildi'ning rasmi

Bu haqda deputat Rasul Kusherbaev o`zining telegram kanalida ma`lum qildi.

Milliy gvardiya organlari Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning quyidagi moddalari bo`yicha huqubuzarliklar to`g`risidagi ishlarni ko`rib chiqishga va jarima tariqasidagi ma`muriy jazo choralarini qo`llashga haqli ekanligi belgilanmoqda:

▪️187-moddasining birinchi qismi (Jamoat joylarida alkogol maxsulotini iste`mol qilish);

▪️188-modda (Voyaga etmagan shaxsni g`ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish);

▪️ 188-2-modda (Voyaga etmagan shaxsning ko`ngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda bo`lishiga yo`l qo`yish);

▪️ 192-modda (Maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish) bo`yicha.

Shuningdek, Milliy gvardiya organlarining mansabdor shaxslari MjTKning 61, 183, 184-2, 184-3, 185, 185-1 (bojxona to`g`risidagi qonunchilikni buzish bilan bog`liq huquqbuzarliklardan tashqari) 185-2, 185-3, 186-moddalarida, 187-moddaning ikkinchi qismida, 188-1, 188-3, 189, 189-1, 190, 191, 194-1, 195-1, 196 (Milliy gvardiyaga tegishli qismi bo`yicha) va 210-1- moddalarida nazarda tutilgan ma`muriy huqubuzarliklarni aniqlagan taqdirda, ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risida bayonnoma tuzadi va belgilangan tartibda sudga ko`rib chiqish uchun yuborishi belgilanmoqda.

"Loyiha deputatlar tomonidan birinchi o`qishda qabul qilindi" deyilgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar