AsosiyJamiyat

20 aprel kuni respublika bo`ylab yomg`ir yog`ishi xabar qilindi

'20 aprel kuni respublika bo`ylab yomg`ir yog`ishi xabar qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 20 aprel kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, vaqti vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15°, kunduzi 20-22° bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo`ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI  

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° bo`ladi.

TOShKENT, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° bo`ladi.

SAMARQAND, JIZZAX VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, kuchli bo`lishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 7-12° bo`ladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar