AsosiyDunyo

Kobulda maktablar yonida bir necha portlash sodir bo`ldi

'Kobulda maktablar yonida bir necha portlash sodir bo`ldi'ning rasmi

Kobuldagi bir necha portlash oqibatida 25 kishi halok bo`ldi. Bu haqda Aamaj News agentligi xabar berdi, deya xabar bermoqda "Zamon"nashri.

Unga ko`ra, ayniqsa, shahar g`arbidagi Abdul Rahim maktabi yonidagi portlashlar oqibatida ko`p qurbon berilgan.

Kobul xavfsizlik idoralari vakili Xolid Zadronning so`zlariga ko`ra, shahar g`arbida jami 3 ta portlash qayd etilgan. Ularning barchasi ta`lim muassasalarida bo`lgan.

Agentlikning ta`kidlashicha, toliblar hodisaning OAVda yoritilishiga xalal bergan. Ular muxbirlar qo`lidan kameralarni tortib olgan.

    Boshqa yangiliklar