Sirdaryo viloyati hududidagi “Sirdaryo” YPX maskanida Sirdaryo viloyati IIB JXXJTSB hamda viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o`tkazildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.
O`tkazilgan tadbir davomida Samarqand–Toshkent yo`nalishida harakatlanib o`tayotgan “Episa” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida to`xtatilib tekshirilganda, Samarqand viloyati, Samarqand shahrida yashovchi, 1991-yilda tug`ilgan fuqaro I.I boshqaruvidagi avtotransport salon qismida hech qanday hujjatlarsiz, kelib chiqishi noma`lum bo`lgan 225 kg hayvon go`shti borligi aniqlandi.
Shuningdek, Qashqadaryo–Toshkent yo`nalishida harakatlanib o`tayotgan “Nexia” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida to`xtatilib tekshirilganda, Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Torjilg`a qishlog`ida yashovchi, 1991-yilda tug`ilgan fuqaro E.E. boshqaruvidagi avtotransport yuk xonasida hech qanday hujjatlarsiz, kelib chiqishi noma`lum bo`lgan 454 kg hayvon go`shti borligi aniqlandi.
Bundan tashqari, Qashqadaryo–Toshkent yo`nalishida harakatlanib o`tayotgan “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida to`xtatilib tekshirilganda, Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, Paxtazor mahallasida yashovchi, 1994-yilda tug`ilgan fuqaro R.B. boshqaruvidagi avtotransport yuk xonasida hech qanday hujjatlarsiz, kelib chiqishi noma`lum bo`lgan 713 kg hayvon go`shti borligi aniqlandi.
Yuqorida qayd etilgan go`sht mahsulotlari viloyat Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markaziga olib kelinib, laboratoriya tekshiruvlaridan o`tkazilganda, iste`molga yaroqsiz ekanligi ma`lum bo`ldi.
Ushbu go`sht mahsulotlari vaqtincha saqlash uchun Guliston shahar, Quruvchilar ko`chasi 1-uyda joylashgan “Bunyodkor Go’sht – Sut Inves Tradet” MChJ muzxonasiga joylashtirildi. Fuqarolar boshqaruvidagi avtotransport vositalari tegishli tartibda qonuniy chora ko`rish uchun Sirdaryo viloyati IIB JXXYXHB jarima maydoniga qo`yildi.
Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB JQB hamda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Sirdaryo viloyati boshqarmasi mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






