AsosiyJamiyat

O`zbekistonning qator hududlarida er qimirladi

'O`zbekistonning qator hududlarida er qimirladi'ning rasmi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, bugun, 20 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 03:44 da (19.04.2022 yil, Grinvich bo`yicha 22:44 da) Tojikistonda zilzila sodir bo`ldi. Zilzila koordinatalari: 39,24 gradus shimoliy kenglik; 70,69 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5. Chuqurlik 30 km. Zilzila episentri Toshkentdan 258 km janubiy-sharqda.

O`zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:

So`x tumanida 2-3 ball, 93 km.

O`zbekiston tumanida 2 ball, 123 km.

Beshariq tumanida 2 ball, 128 km.

Rishton tumanida 2 ball, 132 km.

Furqat tumanida 2 ball, 140 km.

Qo`qon shahrida 2 ball, 145 km.

Uchko`prik tumanida 2 ball, 145 km.ni tashkil etdi.

    Boshqa yangiliklar