Prezident Shavkat Mirziyoev 21-22 aprel kunlari Qashqadaryo viloyatiga safar qiladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat korxonalari va ijtimoiy soha ob`ektlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish, viloyatni rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yaxshilash bo`yicha yangi vazifalarni belgilash rejalashtirilgan.






