“Qurilish sohasiga oid yagona ma`muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to`g`risida” Hukumat qarori (200-son, 20.04.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qarorga ko`ra, quyidagilar bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamentlari tasdiqlandi:
▫️bino va inshootlarning tashqi ko`rinishini o`zgartirishni kelishish;
▫️bino va inshootlarning ixtisoslashishini o`zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o`z hududida qo`shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish;
▫️arxitektura-rejalashtirish topshirig`ini ishlab chiqish;
▫️loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;
▫️qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ob`ektni ro`yxatdan o`tkazish;
▫️qurilish-montaj ishlari tugallangan ob`ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish;
▫️ko`chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to`g`risida ma`lumotnoma berish.
Shunga muvofiq, jumladan, bino va turar joylarning buzilishga tushganlik holati haqida ma`lumotnoma olish uchun DXM yoki YaIDXPga murojaat qilinadi.
Ma`lumotnoma olish uchun arizalar YaIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat`i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Ma`lumotnoma 3 ish kunida rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchining elektron maziliga yuborilib, unga bu haqida xabar beriladi.






