AsosiyJamiyat

️O`quv yili yakunida 5-6-7-8 hamda 10-sinf o`quvchilari bosqichli imtihonlardan ozod etildi

'️O`quv yili yakunida 5-6-7-8 hamda 10-sinf o`quvchilari bosqichli imtihonlardan ozod etildi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Xalq ta`limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova ma`lum qildi.

Umumta`lim muassasalarida o`quv mashg`ulotlari 2022 yil 25 may kuni tugaydi va 9- va 11-sinf o`quvchilarini yakuniy nazorat imtihonlari 26 maydan 15 iyunga qadar o`tkaziladi.  

Bayram munosabati bilan qo`shimcha dam olish kunlarini inobatga olgan holda umumiy o`rta ta`lim muassasalarining 9-sinf o`quvchilari uchun “Jismoniy tarbiya” fanidan yakuniy nazorat imtihonlari joriy yilning 2-7 may sanalaridan 11-14 may kunlariga ko`chiriladi.

️Joriy o`quv yili yakunida  5-6-7-8 hamda 10-sinflarning bosqichli imtihonlari o`tkazilmaydi. Ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim muassasalari va maktab-internatlarida esa bosqichli imtihonlar ularning ichki nizomlariga muvofiq ixtisoslashuv fanlari doirasida amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar