AsosiyJamiyat

O`zbekistonning Kievdagi elchixonasi bugundan faoliyatini tikladi

'O`zbekistonning Kievdagi elchixonasi bugundan faoliyatini tikladi'ning rasmi

Elchixona vaqtinchalik Lvovga ko`chirilgandi.

Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili O`zbekistonning Kievdagi elchixonasi bugundan faoliyatini boshlashi haqida axborot berdi.

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 22 aprel kunidan boshlab O`zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi Kiev shahrida o`z ish faoliyatini to`liq tikladi.

Savollar yuzasidan Elchixonaga quyidagi manzil va raqamlar bo`yicha murojaat qilshingiz mumkinligi aytiladi:

Kiev shahri, Volodymyrska ko`chasi, 16, 01901.

Tel.: +380 44 501 50 00 (umumiy savollar), +380 44 501 41 81 (umumiy savollar), +380 44 501 41 82 (konsullik bo`limi) va +380 44 501 41 83 (konsullik bo`limi), el. pochta: embassy@uzbekistan.org.ua

    Boshqa yangiliklar