AsosiyJamiyat

Qashqadaryo viloyatiga hokim tayinlandi

'Qashqadaryo viloyatiga hokim tayinlandi'ning rasmi

Qarshi shahrida bo`lib o`tayotgan xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko`rildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, prezident Shavkat Mirziyoev 2021 yil noyabr oyidan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Azimov Murotjon Berdialievich nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi.

Ovoz berish natijalariga ko`ra, M.Azimov Qashqadaryo viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.

 

    Boshqa yangiliklar