AsosiyJamiyat

Prezident: "Qashqadaryoda ichimlik suvi bilan ta`minlashni to`liq 100 foizga etkazish uchun harakatdan to`xtamaymiz"

'Prezident: "Qashqadaryoda ichimlik suvi bilan ta`minlashni to`liq 100 foizga etkazish uchun harakatdan to`xtamaymiz"'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, davlat rahbari Qashqadaryo viloyati faollari bilan uchrashuvda nutq so`zlamoqda.

«Bu erga kelishdan oldin, viloyatdagi ahvolni va qabul qilingan dasturlarni tahlil qilib, hali ko`plab muammolar bo`yicha echim topishimiz kerak, degan fikrga keldim», - dedi Prezident.

Jumladan, suv muammosiga to`xtalib o`tdi. Infratuzilma dasturi doirasida va qo`shimcha ajratilayotgan jami 575 milliard so`m hisobidan 1 ming 823 kilometr ichimlik suv tarmoqlari, 74 ta suv inshooti quriladi va rekonstruksiya qilinadi.

Natijada 500 ming nafar aholi ilk bor sifatli ichimlik suv bilan ta`minlanadi, 160 ming nafar aholining suv ta`minoti yaxshilanadi. Markazlashgan ichimlik suv ta`minoti 43 foizdan 58 foizga etkaziladi.

110 kilometr uzunlikdagi “Yakkabog`-Qarshi-Koson” magistral ichimlik suv tarmog`ini qurish bo`yicha bir oy muddatda qaror tayyorlanib, 2022-2024 yillarda qurilishi ta`minlanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar