AsosiyDunyo

Ukraina mudofaa vaziri EXHT va BMT faoliyatini to`xtatishi kerakligini aytmoqda

'Ukraina mudofaa vaziri EXHT va BMT faoliyatini to`xtatishi kerakligini aytmoqda'ning rasmi

Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) va BMT boshqa samaraliroq institutlarga almashtirilishi kerak. Bu haqda zamon.uz Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikovning "The Wall Street Journal" gazetasida e`lon qilingan maqolasiga tayanib xabar bermoqda. 

"Bu tashkilotlar barbod bo`ldi. Ularga qadar faoliyat yuritgan Millatlar Ligasi kabi, ushbu tuzilmalar ham yangi va samaraliroq, faqatgina o`ta qudratli davlatlar emas, balki barcha mamlakatlar manfaatlariga xizmat qiladigan xalqaro institutlarga almashishi kerak", — deb qayd etgan vazir.

U yangi tuzilmada tahdidlarga avtomatik munosabat bildirish mexanizmi bo`lishini taklif qilgan. Unga ko`ra, har qanday agressor nizo boshlanishi bilan oldindan tayyorlab qo`yilgan sanksiyalar orqali jazolanadi. Reznikovning so`zlariga ko`ra, agar shu kabi choralar Rossiyaga qarshi oldindan ko`rilganda edi, hozir vaziyat butunlay boshqacha bo`lgan bo`lardi.

 

    Boshqa yangiliklar