AsosiyDunyo

AQShda jonli efirni mushukcha “qo`lga oldi”

Egasiz, daydi mushuk Amerika televideniesida bo`layotgan jonli efirni “qo`lga oldi” deb xabar qildi “Gazeta.ru” nashri.

Michigan shtatidagi Uoshten okrugi televideniesida jonli efirni boshqarayotgan muxbir Nim Shaffening yoniga kutilmagan mehmon, mushukcha tashrif buyurdi. U barchaning e`tiborini o`ziga qaratdi.

Jonli efirning kutilmagan mehmoni  telekanal sharafiga “Baxtli ettilik” deb ataldi. Mushukcha bor-yo`g`i olti haftalik bo`lib, unga yashash uchun vaqtincha uy topildi. Hozircha unga egalik qilishni istovchi odam yo`q. Shaffi va uning kutilmagan mehmonini YouTube saytidagi videorolikda ko`rish mumkin.

    Boshqa yangiliklar