AsosiyDunyo

Afg`onistondagi masjidlardan birida yuz bergan portlash oqibatida 30dan ortiq inson halok bo`ldi

'Afg`onistondagi masjidlardan birida yuz bergan portlash oqibatida 30dan ortiq inson halok bo`ldi'ning rasmi

Afg`oniston Qunduz viloyati Imom Sohib tumanidagi "Mavlaviy Iskandar" masjidida portlash sodir bo`ldi. Bu haqda APA agentligi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, portlovchi qurilma masjid ichida bo`lgan. Portlash oqibatida 30dan ortiq kishi halok bo`lgan va jarohatlangan soni ko`pchilikni tashkil qilmoqda. Ular shifoxonaga joylashtirilgan. 

"Qunduz viloyati Imom Sohib tumani polisiyasi boshlig`i Hofiz Umar qo`shimcha ma`lumot berishicha, bugun tushdan keyin "Mavlaviy Iskandar" masjidida portlash sodir bo`lganini aytdi. Xavfsizlik manbalari va guvohlarning aytishicha, hodisada 30 dan ortiq odam halok bo`lgan va jarohatlangan. Guvohlarning so`zlariga ko`ra, jabrlanganlar tuman kasalxonasiga etkazilgan”, — deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar