Gidrometeorologiya xizmati markazining xabariga ko`ra, 24 aprel kuni Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq vaqtida 12-17 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 14-16°, kunduzi 23-25° bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 20-25° bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 21-26° bo`ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo o`zgarib turadi, qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 20-25° bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 25-30° bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 21-26° bo`ladi.
Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`ladi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 13-18° bo`ladi.






