AsosiyDunyo

Bugun 23-aprel Turkiyada - Milliy suverenitet va bolalar kuni

'Bugun 23-aprel Turkiyada - Milliy suverenitet va bolalar kuni'ning rasmi

Milliy suverenitet va bolalar bayrami Turkiya Respublikasida har yili 23 aprel kuni nishonlanadigan milliy bayramdir. "23 aprel" deb ataladigan bu kun mustaqil, dunyoviy va zamonaviy Turkiya Respublikasining asoschisi Mustafo Kamol Otaturk raisligida 1920 yili Anqarada Turkiya Buyuk Millat Majlisining ilk ochilishi sifatida e`tirof etiladi.

Bu yangi boshlanish va bolalarni kelajak sifatida ko`rgani uchun Otaturk bu kunni bolalar kuniga bag`ishladi.

Bu yil ham G`ozi Mustafo Kamol Otaturk boshchiligida millat irodasi qarori bilan tashkil etilgan Turkiya Buyuk Millat Majlisi ochilishining 102 yilligi hamda 23 aprel Milliy suverenitet va bolalar bayrami ko`tarinki ruhda nishonlanmoqda.

1920 yil 23 aprelda nima sodir bo`ldi?

1920 yil 23 aprel Mustaqillik urushi davrida mamlakatning bir palatali parlamenti – Buyuk Millat Majlisi Anqarada yig`ilib, Usmoniylar imperiyasi tugatilgandan so`ng yangi Turkiya Respublikasining poydevorini qo`yishni boshladi.

1920 yil 23 aprelda Mustafo Kamol Poshsho Anqaradagi Xoji Bayram masjidida juma namozidan keyin Turkiya Buyuk Millat Majlisini ochdi. 1920 yil 24 aprel, shanba kuni Mustafo Kamol Poshsho Turkiya Buyuk Millat Majlisining raisi etib saylandi.

Ushbu voqeani nishonlash uchun 1921 yil 23 aprelda milliy bayram deb e`lon qilindi va bu yangi respublikada birinchi davlat bayramiga aylandi.

    Boshqa yangiliklar