AsosiyJamiyat

Tarixiy obidalarda eshiklar nega odam bo`yidan kichik qilib ishlangan?

'Tarixiy obidalarda eshiklar nega odam bo`yidan kichik qilib ishlangan?'ning rasmi

Eski me`morchilik an`analariga xos ishlanmalarga nazar tashlasak, madrasa xujralariga, saroy hovlilariga, umuman, tarixiy obidalarga kirish eshiklarini 1 metr atrofida qilib yasalganini ko`ramiz. 

Bu ko`pchilikda "Nima uchun shunday?" degan haqli savol tug`ilishiga sabab bo`ladi.

Hammada har xil tahmin bo`lishi tabiiy. Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniy meros agentligi hamda Xorazm viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan press-turimiz davomida ushbu savolga ham javob topishga urindik.

 Foto: Sardorbek Usmoniy

O`tgan asrgacha bo`lgan davrda elektr-energiyasi, shu o`rinda, uylarni, xonalarni isitish-sovutish tizimi bo`lmaganligi uchun ichkaridagi haroratni mo``tadil saqlash maqsadida eshiklar kichik qilib ishlangan ekan. 

Fizikadan ma`lumki, sovuq havo pastga, issiq harorat esa yuqoriga qarab ko`tariladi. Eshiklarning kichikligi esa mana shu aylanmani bir muncha ko`proq o`zida saqlab turadi va ichkaridagi harorat tashqariga tez chiqib ketmaydi. 

Saroy hovlisidagi eshiklar-chi?

Ma`lum bo`lishicha, amir yoki xon davrlarida xonlarga tik turib murojaat qilish mumkin bo`lmagan. Shu sababdan, saroy hovlisiga salom va hurmat bilan kirilishini ta`minlash uchun eshiklar odam bo`yidan kichikroq qilib o`rnatilgan. 

 Foto: Sardorbek Usmoniy

 

Sardorbek Usmoniy

 

Avvalroq “Hey, voh”, ya`ni Xiva haqida afsona, haqiqat va qiziq faktlar bilan fotosayohat qilgan edik.

 

    Boshqa yangiliklar