AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda 40-50 yillik mashinalar iste’moldan chiqarilishi mumkin

Deputat Alisher Qodirov eski avtomobillarni bosqichma-bosqich yo‘llardan chiqarish kerakligini ta’kidladi.

'O‘zbekistonda 40-50 yillik mashinalar iste’moldan chiqarilishi mumkin'ning rasmi

O‘zbekistonda 40-50 yildan beri harakatlanib kelayotgan avtomashinalar tez orada iste’moldan chiqarilishi mumkin. Bu haqda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov o‘z sahifasida yozdi.

Uning aytishicha, 9 iyul kuni prezident raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida bir qator muhim taklif va tavsiyalar muhokama qilingan. Shular qatorida, yoshi 40-50 yilga yetgan avtomobillarni bosqichma-bosqich harakatdan chiqarish masalasi ham tilga olingan.

“Bu juda to‘g‘ri taklif. Hatto bu cheklovni 25-30 yilga tushirish ham noto‘g‘ri bo‘lmaydi, deb o‘ylayman. Faqat mashinani almashtirish uchun qulay sharoitlar yaratilishi kerak”, — deydi deputat.

Yig‘ilishda, shuningdek, davlat xodimlarining ish joyi oldida shaxsiy avtomashinalarini noto‘g‘ri joylashtirgani uchun jazoga tortilishi belgilandi. Qodirov bu borada “qonun hammaga barobar bo‘lishi kerak”ligini urg‘ulab o‘tdi.

Videoselektorda e’lon qilingan boshqa choralar:

— “Surunkali qoidabuzarlar” dasturi ishga tushadi;

— Qizil chiroqda 2-marta o‘tish yoki 5 marta tezlikni oshirish — 1 yilgacha chegirmasiz jarima;

— Tezlik cheklovlari joy va zaruratga qarab belgilanishi kerak.

Qodirov magistral yo‘llarda ba’zida 130 km/soat tezlikda harakat qilishga ruxsat berish zarurligini aytgan. Shu bilan birga, qasddan qoidabuzarlarga “ayovsiz jarima” qo‘llashni ma’qullagan.

Ichki ishlar xodimlarini tayyorlash masalasi ham muhokama markazida bo‘ldi. Deputat bu boradagi islohotlarni og‘riqli, ammo zarur deb atadi.

“Formadagi odam jamiyatga faxr bo‘lishi kerak, tanish-bilish emas, bilimli, vatanparvar kadrlarga ehtiyoj katta”, — deya ta’kidladi u.

Yaqin kelajakda qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi, jumladan, 2030 yilgacha Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida “Yevro-5” talablariga javob bermaydigan avtomobillarning harakati bosqichma-bosqich cheklanishi rejalashtirilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:35

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:29

    '"Neftech" muxlisi IIV xodimlari tomonidan kaltaklanganmi rostmi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:38

    "Neftech" muxlisi IIV xodimlari tomonidan kaltaklanganmi rostmi?

    Farg'ona viloyati IIBB rasmiy ma'lumot berdi.

    'Oʻzbekiston terrorizm havfi boʻyicha eng havfsiz davlatlar qatorida eʼtirof etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:35

    Oʻzbekiston terrorizm havfi boʻyicha eng havfsiz davlatlar qatorida eʼtirof etildi

    "Global terrorizm indeksi"ga ko'ra, O'zbekiston 90-pog'onani egalladi.

    'Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:12

    Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi

    Hodisa kecha tunda Yashnobod tumanida sodir bo'lgan.

    'Bugun respublikada yog'ingarchiliksiz, biroz iliq havo harorati hukmron bo'ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:16

    Bugun respublikada yog'ingarchiliksiz, biroz iliq havo harorati hukmron bo'ladi

    "O'zgidromet" 23 noyabr kungi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.