22 aprel kuni taxminan soat 00:50 da Yunusobod tuman TXAY ko`chasi, G.Abdullaev bekati qarshisida, haydovchi 1995 yilda tug`ilgan D.R. “Nexia-3” rusumli, davlat raqam belgisi 10 E 507 WA bo`lgan avtomashinani boshqarib ketayotib, yo`l qatnov qismining belgilanmagan joyidan o`tayotgan piyoda – 2002 yilda tug`ilgan X.S.ni urib yuborgan.
Natijada, piyoda olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida VAFOT ETGAN. Marhumning oila a`zolariga hamdardlik bildiramiz.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






