Toshkentda 29 yoshli yigit Instagram ijtimoiy tarmog`i orqali tanishgan qizdan kasallik yuqtirib oldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBBga asoslanib "Zamon" yozmoqda.
“Ikki marta ko`rishganman. Shu bilan qaytib uchrashmadik. 2 oylardan keyin tekshirtirganimda, shunaqa kasallik (OITS – tahr.) kelib chiqdi”, — deydi yigit.
2021 yilning dekabr oyida Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari tomonidan yigit nazoratga olinib, shu kuni shifokor tomonidan unga OITS kasalligi va uni yuqtirish yo`llari haqida tushuntirish berilgan.
Agarda u bila turib, boshqalarga ushbu kasallikni yuqtirish yoki yuqtirish xavfi ostida qoldirgan taqdirda, jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida rasman ogohlantirilgan.
O`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro o`zida OIV va OITS infeksiyasi bilan kasallanganligini bila turib, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining tegishli buyruqlari va talablarini buzgan holda taqiqlangan kasbiy faoliyat (stomotolog sifatida) bilan shug`ullanib kelayotgani aniqlangan.
“Eng yomoni – hech kimga ayta olmasliginingiz. Uylanaman, deb endi yurgandim. Mana bu narsa bo`lganidan keyin odam yomon tushkunlikka tushib qolarkan. Bir oylab uxlamadim. Uyqu ham, halovat ham bo`lmadi”, — degan yigit.
Hozirda makur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 113-moddasi (“Tanosil yoki OIV kasalligi, OITS kasalligini tarqatish”) bo`yicha ish ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushu moddaga ko`ra, yigit 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.






