AsosiyDunyo

Turkiya Suriyaga uchadigan Rossiya samolyotlari uchun havo hududini yopdi

'Turkiya Suriyaga uchadigan Rossiya samolyotlari uchun havo hududini yopdi'ning rasmi

Turkiya hukumati Rossiyadan Suriyaga uchayotgan samolyotlar uchun havo hududini yopdi. Cheklovlar fuqarolik va harbiy aviasiyaga tegishli. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho`g`li ma`lum qildi. 

Uning ta`kidlashicha, taqiq uzoq vaqtdan beri mavjud va Rossiyaga avvalroq uch oylik kirish huquqi berilgan. Vazirning so`zlariga ko`ra, cheklovlar aprel oyida yana kuchga kiradi.

Chavusho`g`li Turkiya telekanali jurnalistlariga ma`lum qilishicha, Turkiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo`shilmagan. Rossiya tomoni kelishuv yakunlanishini oldindan bilgan, bundan tashqari Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on yaqinda Rossiya rasmiylariga buni yana bir bor eslatgan edi.

“Biz sanksiyalarda qatnashmaydigan davlatmiz. Har qanday kompaniya Turkiyada biznes qilishni xohlasa, bizning qonunlarimiz asosida harakat qilishi kerak. Bu xalqaro qonunlarga mos kelishi kerak”, deb tushuntirdi Chavusho`g`li o`z intervyusida.

 

    Boshqa yangiliklar