AsosiyDunyo

O`zbekiston Yaponiyada o`tkazilayotgan Osiyo-Tinch okeani suv forumida ishtirok etmoqda

'O`zbekiston Yaponiyada o`tkazilayotgan Osiyo-Tinch okeani suv forumida ishtirok etmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 23 aprel kuni Yaponiyaning Kumamoto shahrida Osiyo-Tinch okeani suv forumining eng yirik anjumani bo`lgan Osiyo–Tinch okeani suv sammiti o`z ishini boshladi.

Sammitda Osiyo-Tinch okeani mintaqasining 49 mamlakatidan Davlat rahbarlari, hukumat rahbarlari, tegishli vazirlik rahbarlari, xususiy sektor va xalqaro jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

O`zbekiston Respublikasi nomidan tadbirda Bosh vazir o`rinbosari – investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov qatnashdi.

Ma`lumot uchun: 2004 yilda tashkil qilingan Yaponiya suv forumi Osiyo-Tinch okeani suv forumining kotibiyati funksiyasini bajarib turadi. Uning vazifalari global suv muammolari sohasida tadqiqotlar o`tkazish va tavsiyalar tayyorlash, Yaponiyada to`plangan suvdan samarali foydalanish bilan bog`liq nou-xau va texnologiyalar bilan tanishishga ko`maklashish, shuningdek Yaponiya va xorijdagi suv resurslari yo`nalishidagi manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Yaponiya suv forumining korporativ a`zolari Yaponiyaning 85 etakchi kompaniyasidir. Forum suv xo`jaligi sohasiga investisiyalarni jalb qilish va bu boradagi mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish uchun tomonlarni birlashtiruvchi maydonchadir.

S.Umurzakov o`z nutqida Orolbo`yi mintaqasida iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, aholining hayot sifatini oshirish va Orol dengizining qurib qolishi bilan bog`liq ekologik oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda, Orolbo`yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo`yicha ko`p tomonlama sheriklik Trast jamg`armasining amaliy faoliyati muhimligini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar