AsosiyDunyo

BMT Bosh kotibi Turkiya, Rossiya va Ukraina prezidentlari bilan uchrashuv o`tkazadi

'BMT Bosh kotibi Turkiya, Rossiya va Ukraina prezidentlari bilan uchrashuv o`tkazadi'ning rasmi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish buni Evropaga diplomatik safari doirasida amalga oshiradi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 25 aprel kuni u Anqaraga tashrif buyuradi, 26 aprel kuni Moskvaga uchadi, u erda prezident Vladimir Putin va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashadi, 28 aprel kuni esa Kievda bo`ladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi  Guterrish Putin va Zelenskiy bilan Ukrainada tinchlikka erishishga qaratilgan chora-tadbirlarni muhokama qilmoqchi ekanligini aytdi.

    Boshqa yangiliklar