Ramazon hayiti arafasida O`zbekiston delegasiyasi Chechenistonga tashrif buyurdi. Qodirovga Mirziyoev tomonidan tabrik yo`llandi va unga "Poi-Kalon" ansambli rasmi sovg`a qilindi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
"Poi-Kalon" — Buxorodagi me`moriy ansambl. Uning tarkibiga Checheniston rahbari Axmat Qodirovning otasi tahsil olgan Mir Arab madrasasi ham kiradi.
Checheniston Respublikasi rahbari O`zbekiston prezidentiga “O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi samarali hamkorlikning rivojlanishiga qo`shgan hissasi uchun” minnatdorchilik bildirdi.
Videoda rasm 3D formatda ekanligi, u oltin va kumushdan yasalgani aytiladi.






