AsosiyDunyo

Shanxayda koronavirus bilan bog`liq o`limlar soni yuqoriladi

'Shanxayda koronavirus bilan bog`liq o`limlar soni yuqoriladi'ning rasmi

Xitoy hukumati Shanxayda kuniga COVID-19 bilan kasallanganlar orasida 39 ta o`limni qayd etdi. Bu haqda Channel NewsAsia xabar bermoqda

Qayd etilishicha, bu shaharda blokirovka boshlanganidan beri kunlik o`limning eng yuqori ko`rsatkichidir.

Taxminan 25 million aholiga ega ushbu shaharda o`lim holatlarining umumiy soni hozirda 87 tani tashkil etadi. Kanalning ta`kidlashicha, so`nggi haftalarda rasmiylar tomonidan har kuni minglab yangi SOVID-19 infeksiyasi holatlari qayd etilgan bo`lsa-da, birinchi Shanxayda o`lim haqidagi ma`lumotlar faqat 18 aprelda aytildi.

Ayni vaqtda Xitoyda o`tgan sutka davomida 22 mingga yaqin SOVID-19 holati aniqlangan. Shanxayda 21 mingdan ortiq holat qayd etilgan.

28 mart kuni Shanxayda karantin joriy etildi, aksariyat korxonalar, bozorlar va do`konlar ishlamay qoldi, odamlarga uyda qolish buyurildi. Shanxay har kuni shahar bo`ylab COVID-19 uchun test o`tkazmoqda va ijobiy natija berganlar izolyasiya markazlariga yuboriladi.

    Boshqa yangiliklar