2022 yilning birinchi choragida Rossiyada xorijliklar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 2021 yilning shu davriga nisbatan 8 foizga oshgan. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Jinoyat holati bo`yicha bunday statistik ma`lumotlar Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etiladi.
“Rossiya hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar tomonidan 10,4 mingta jinoyat sodir etilgan, bu 2021 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 8,1 foizga ko`pdir”, — deyiladi xabarda.
Manbaga ko`ra, MDH davlatlaridan kelgan fuqarolar ham qonunni ko`proq buzishni boshlagan.
Markaziy Osiyodan kelgan migrantlar tomonidan 8,4 ming jinoyat sodir etilgan, bu 2021 yilga nisbatan 12,6 foizga ko`pdir.
Shuningdek, boshqa ma`lumotlar ham ochiqlangan. Jumladan, 2022 yilda xorij fuqarolariga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar soni qariyb 6 foizga — qariyb 4 mingtaga oshgan.






